"Brayton" o'z tarixidagi eng qimmat transferni amalga oshirdi

Mirjalol Normatov
5 may 2023
Bugun "Uotford" futbolchisi Joau Pedru "Brayton" futbolchisiga aylanishi ma'lum qilindi.

"Sky Sports" xabariga ko'ra, braziliyalik futbolchining transfer summasi 30 mln funtni tashkil qiladi va bu "Brayton" uchun rekord darajadagi qimmat transferga aylanadi.

21 yoshli futbolchi "Brayton" bilan 2028 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. U ushbu mavsumda 11ta gol va 4 assist qayd etishga ulgurdi, biroq jamoasi APLga chiqish imkoniyatlarini yo'qotib bo'lgan.

Pedru yangi jamoasiga 1 iyundan borib qo'shiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports