Bonuchchi agenti orqali "Milan"dan uni transferga qo'yishni so'radi

Aslanov Jasurbek
18 iyul 2018, 09:13
"Milan" himoyachisi Leonardo Bonuchchi o'z agenti orqali klub rahbariyatidan uni transferga qo'yishlarini so'radi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Bonuchchi boshqa klubga o'tmoqchi. Himoyachi "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Chelsi" qiziqishlari doirasida.

Bonuchchi bir yil oldin 42 mln. evro evaziga "Yuventus"dan "Milan"ga o'tgan edi. Milan klubi moliyaviy feyr-pleyni buzgani uchun Yevropa ligasida ishtirok etishdan chetlatilgan. Yuzaga kelgan vaziyat tufayli Bonuchchi jamoani tark etmoqchi.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bir necha marta himoyachi haqida iliq fikr bildirdi. Italiyalik himoyachi bir yil oldin "Manchester Siti"ga o'tishi mumkin edi, ammo o'g'lining betobligi tufayli Italiyada qolishga qaror qilgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Football Italia