Blashikovski faoliyatini "Volfsburg"da davom ettirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
1 avg 2016, 12:19
Dortmundning "Borussiya" yarim himoyachisi Yakub Blashikovski kelasi mavsumdan "Volfsburg" sharafini himoya qilishi mumkin.

Oldinroq dortmundliklar polshalik futbolchini transferga qo'ygani e'lon qilingan edi.

So'nggi yillarda Blashikovskini jarohatlar qiynamoqda. O'tgan mavsumda u "Fiorentina"da ijarada to'p tepgan edi va A Seriyada bor yo'g'i 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi hamda 1 ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker