"Biz bunga qodirmiz". "Barselona" yetakchisi "Atletiko" bilan o'yinda kambekka ishonmoqda

Sherzod Nurmatov
26 fev 2026, 17:44
Rafinya Ispaniya Kubogida Madridning "Atletiko"siga qarshi javob o'yini oldidan kutilmalari bilan o'rtoqlashdi.

"Ko'k-anorranglilar" yetakchisi birinchi o'yindagi og'ir mag'lubiyatga (0:4) qaramay, "matraschilar"ga qarshi kambek qilishga ishonmoqda.

Braziliyalik futbolchi jamoasining xarakteriga alohida urg'u qaratib, eng qiyin sinovlarni ham engib o'tishga qodir ekanini ta'kidladi.

"Biz ajoyib o'yin ko'rsatishimizga ishonamiz. Qayta olishimizga, keyingi bosqichga o'tish mumkinligiga ishonamiz. Agar dunyoda shunday kambek qilishga qodir jamoa bo'lsa, bu - biz", – dedi Rafinya.

Qayd etilishicha, Ispaniya Kubogi yarim finalidan o'rin olgan "Barselona" – "Atletiko" o'yini 4 martga o'tar kechasi, Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Universal