Bilbaoning "Atletik" klubi bosh murabbiyi ishdan bo'shatildi

Sherzod Nurmatov
24 may 2022
"Atletik" ustozi Marselino Toral iste'foga chiqarildi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

Oldinroq Ispaniya OAV mutaxassis Bilbaoning "Atletik" klubi rahbariyati bilan mojaroga borgani haqida xabar bergandi.

56 yoshli murabbiy Bilbao jamoasi bilan 2021 yildan buyon ishlab kelayotgandi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning 30 iyunida yakuniga etadi. Marselino Toral boshchiligidagi jamoa 2020/21 yilgi mavsumda Ispaniya Kubogi finaliga qadar yetib bordi va "Barselona"ga 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Ispaniya La Ligasi yakuniga ko'ra, klub chempionat jadvalida 8-o'rinni egalladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: athletic-club.eus