Berdiyor Mamirov: “Mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqargan holda keyingi turda g'alaba qazonishga harakat qilamiz”

Narzulla Saydullayev
28 apr 2016, 08:32
O'zbekiston Birinchiligi musobaqalarining 5-turida “Orol” - “Zomin” (5:2) uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdan so'ng, murabbiy yordamchisining uchrashuv haqida fikri bilan qiziqdik.

-  “Uchrashuv ikkala jamoa uchun ham yaxshi kayfiyat bilan boshlandi. Birinchi bo'lib hisobni ochdik, lekin uchrashuv davomida vaziyatlar rivoji butunlay o'tgarib ketdi. Uchrashuvning 12 daqiqasidayoq maydonda bir kishi kam bo'lib qolganimiz ham mug'lubiyatga uchrashishimizga sabab bo'ldi. Mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqargan holda keyingi turda g'alaba qazonishga harakat qilamiz”, - dedi murabbiy yordamchisi.  

Akmal Raxmatullaev suhbatlashdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar