Benjamen Pavar kelajagiga oydinlik kiritdi

Mirjalol Normatov
22 iyul 2018
"Shtutgart" himoyachisi Benjamen Pavar o'z kelajagi borasidagi qarorini ma'lum qildi.

"Jamoamni o'zgartirish shart emas. "Shtutgart"da o'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Har doim YCHLda o'ynaydigan jamoada o'ynashni istayotganligimni aytganman. Ammo bu yozda jamoani o'zgartiradi degani emas. Agarda barchani qanoatlantiradigan taklif bo'lsa, nima uchun bundan foydalanmasligimiz kerak?", - dedi Pavar.

Pavar Fransiya termasi bilan jahon chempioni bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Bild