Benites: "Imkon qadar uzoqroq "Everton"da qolmoqchiman"

Alisher
27 noya 2021
"Everton" bosh murabbiyi Rafael Benites amaldagi shartnomasi uch yilga mo'ljallanganiga qaramay, Liverpul klubida imkon qadar ko'proq ishlamoqchiligini aytdi.

"Shartnomamda ko'zda tutilganidek, bu yerda bor yo'g'i uch yil qolmoqchi emasman. "Everton"da imkon qadar uzoqroq qolmoqchiman.

Klubning yangi stadionini ko'rishni va "Everton" bilan muvaffaqiyat qozonishni xohlayman. Biz pul sarflamay, tarkibimizni kuchaytiramiz va jamoani yaxshilaymiz, bu ma'lum bir mahoratni talab qiladi", - deydi Benites.

Benites "Everton"ni 2021 yilning yozida qabul qilib olgan edi va uning shartnomasi 2023/24 yilgi mavsumga qadar mo'ljallangan. "Ko'klar" ayni damda 15 ochko jamg'argan holda, APL jadvalida 11-o'rinda borishmoqda.


AlisherMuallif
Manba: The Guardian