"Benevento" o'z tarkibiga "Monako" futbolchisini qo'shib olishga yaqin

Alisher
3 iyul 2020, 11:38
"Monako" himoyachisi Kamil Glik faoliyatini "Benevento"da davom ettirishi mumkin.

Futbolchi yana A Seriyaga qaytishi mumkin. Polshalik futbolchi 2016 yildan beri "Monako" tarkibiga to'p tepadi. Ungacha esa "Torino" sharafini himoya qilgan.

Filippo Indzagi jamoasi tez orada 32 yoshli polyakning transferi amalga oshirilishiga ishonmoqda va u bilan 3 yillik shartnoma imzolashga tayyor.

Kamil Glikning Fransiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira