Bazel Dumbiyani 500 ming evro evaziga ijaraga oldi
Narzulla Saydullayev
29 iyun 2016, 11:50
Roma hujumchisi Seydu Dumbiya Bazelga ijaraga berildi.
Gianlucadimarzio.com nashri xabariga ko'ra, 28 yoshli ivuarlik futbolchi uchun shveytsariyaliklar 500 ming evro to'lashdi. Keyingi mavsumda Bazel uni 6 millionga sotib olish huquqiga ega.
O'tgan mavsumni Dumbiya SSKA va Nyukaslda ijarada o'tkazdi.