"Bayer" yarim himoyachisi uchun 100 million evro so'ramoqda

Alisher
14 may 2020, 13:33
"Bayer" xavbek Kay Xavercga narx belgiladi.

"Farmacevtlar" o'zlarining iqtidorli futbolchilari uchun 100 million evro talab qilishmoqda.

"Bayer" koronavirus pandemiyasi tufayli kelib chiqqan moliyaviy inqiroz davrida ham o'yinchisining narxini tushirmoqchi emas.

Qayd etish kerakki, Xavercga "Bavariya", "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" klublari qiziqmoqda.


AlisherMuallif
Manba: bild.de