"Bayer" 19 yoshli PSJ yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolaydi

14 iyun 2019, 20:40
PSJ yarim himoyachisi Mussa Diabi klubini o'zgartiradi.

19 yoshli futbolchi Leverkuzenning "Bayer" jamoasiga 15 million evro evaziga o'tadi. Bu haqda RMC Sport jurnalisti Muhammad Buxafsi xabar berdi. Diabining o'zi tibbiy ko'rikdan muvaffaqiyatli o'tdi va 5 yillik shartnoma imzolaydi. 

1999 yil 7 iyul kuni tavallud topgan fransiyalik xavbek ortda qolgan mavsum parijliklar safida 25 ta o'yin o'tkazdi va 8 ochko ishladi (2 ta gol, 6 ta assist).



Manba: twitter.com/mohamedbouhafsi