"Bavariya" Zakariyaning agentlari bilan bog'landi

Alisher
11 noya 2020, 18:47
"Borussiya" (Myonxengladbax) yarim himoyachisi Denis Zakariya Germaniya chempioni safiga o'tishi mumkin.

"Bavariya" Denis Zakariyaning vakillari bilan ilk muzokaralarni o'tkazdi.

Qayd etish kerakki, transfer qishki transferlar oynasida amalga oshmaydi, sababi shveytsariyalik futbolchi tizzasidan olgan jarohatini davolaydi.

Zakariyaning "Borussiya" bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U gladbaxliklar safiga "Yang Boyz"dan o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport