"Bavariya" yaponiyalik futbolchiga ko'z tikkan

Omonjon To`xtamirzayev
4 fev 2023, 15:19
"Ayntraxt" yarim himoyachisi Daichi Kamada "Bavariya" safiga qo'shilishi mumkin.

Myunxenliklar yarim himoya chizig'ida ajoyib futbolchilar jamlangan, ammo Kamada uni yanada kuchaytirishi va xalqaro arenada ham sovrin uchun imkoniyatlarini oshirishi mumkin.

Yevropaning boshqa top-klublari ham Daichi atrofidagi vaziyatni kuzatib borishmoqda. Yozda futbolchining "Ayntraxt" bilan shartnomasi yakunlanadi va u yangi jamoasiga erkin agent sifatida borib qo'shilishi mumkin.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia