“Bavariya” Manega qancha maosh tayyorlab qo'ygani ma'lum. Transfer deyarli hal bo'lgani aytilmoqda

Eldor Akmurzayev
28 may 2022, 09:45
Bu haqda "Sky Sport Deutschland" jurnalisti Florian Plattenberg xabar qilmoqda.

Unga ko'ra, “Liverpul” forvardi Sadio Mane yozda “Bavariya” o'tadi. Myunxenliklar futbolchining transferiga juda ishonmoqda.

Qayd etilishicha, klub uning xaridi uchun 50 mln evro sarflaydi va senagallikning yangi jamoasidagi maoshi yiliga 12-15 mln evro atrofida bo'ladi.

30 yoshli o'yinchi joriy mavsum mersisaydliklar libosida 50 bahsda qatnashib, 23+2 natija ko'rsatdi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Sky Sport Deutschland