Bavariya Koselniga qiziqib qoldi

Narzulla Saydullayev
1 iyul 2016
Arsenal markaziy himoyachisi Loran Koselni Bavariya e'tiboriga tushib qoldi.

Bild nashri xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchining transferini Myunxen klubi texnik direktori Mixael Reshke istmoqda. Uning fikricha Koselni Jerom Boateng va Mats Xummelsga yaxshi o'rinbosar bo'la oladi.

Koselnining Arsenal bilan shartnomasi 2017 yil yoziga qadar amal qiladi. Unga Real ham qiziqish bildirmoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de