Bartomeu: "Barselona" nega to'rtinchi golni o'tkazib yuborganini tushuntirib bera olmayman"

Aslanov Jasurbek
8 may 2019, 11:49
"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeu "Liverpul"ga qarshi bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi yarim final bahsi (0:4) haqida fikr bildirdi.

"Mag'lubiyatdan juda xafamiz, ammo Ispaniya Kubogi finaliga ruxan tayyorlanish kerak. Futbolchilar klub va muxlislar uchun o'ziga kelishi lozim. Tahlilni keyinroq qilamiz. Ammo to'rtinchi gol... Bu tragediya, xato, buni tushuntirib bera olmayman. Ketma-ket ikkinchi yil..." - deydi Bartomeu.

Eslatib o'tamiz, "Kamp Nou"da bo'lgan bahsda "Barselona" 3:0 hisobida g'alabaga erishgan edi. Shunday qilib, Yurgen Klopp shogirdlari 1 iyun kuni "Vanda Metropolitano" stadionida bo'ladigan finalga yo'l olishdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo