"Barselona" Bartomeuni sudga berishi mumkin

Aziz Tukhtamuradov
18 okt 2021
"Barselona" prezidenti Joan Laporta klub a'zolari yig'ilishida sobiq prezident Jozep Bartomeuni sudga berish chorloviga javob qaytardi.

"Bu yerda kechirimga o'rin yo'q. Agar siz sudga bersangiz, sizni qo'llab-quvvatlaymiz", - degan "Barsa" klubi a'zolaridan biri Laportega. 

O'z o'rnida Laporte bunga javob qaytargan:

"Menda bu uchun ko'plab sabablar bor (Bartomeuni sudga berishga). Agar biz jinoyat alomatlarini sezsak, kerakli choralarni ko'ramiz. Faqat, agar sudda yutib chiqishimizga to'liq ishonsak, bu ishni amalga oshiramiz. 

Biz ushbu harakatlarda sherik bo'lib qolishni istamaymiz. Ammo shu bilan birga avvalgi rahbariyatga nisbatan qattiqqo'l munosabatda ham bo'lmoqchi emasmiz", - dedi Laporta.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca