Barkli "Nicca" safiga qo'shildi

Sherzod Nurmatov
5 sen 2022
"Chelsi" sobiq yarim himoyachisi Ross Barkli "Nicca"ga o'tdi.

Fransiya klubi 28 yoshli angliyalik futbolchini milliy chempionatning 6-turi doirasidagi "Monako"ga qarshi o'yin oldidan tanishtirdi.

Futbolchi bilan shartnoma muddati ko'rsatilmagan, futbolchi 11-raqam ostida o'ynaydi.

Barkli "Nicca"ga erin agent sifatida borib qo'shildi. Avgust oyi oxirida u "Chelsi" bilan kelishuvini bekor qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ogcnice.com