Balotelli yangi jamoasi bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
16 yanv 2019, 13:29
"Nicca" forvardi Mario Balotelli "Marsel"ga o'tishga yaqin turibdi.

Italiyalik jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, tomonlar kelishuvga erishgan. 28 yoshli futbolchi ushbu mavsum yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida "Marsel"ga o'tadi va u yerda yiliga 2 million evro maosh oladi.

Mario bu mavsumda jamoasi tarkibida 10 o'yinda qatnashib, 1 gol urdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/gianlucadimarzio