

Uning fikriga ko'ra, agarda Rafael Leau tarkibda bo'lmasa, "Milan"da sifat yo'qoladi.
"Buni biz YCHL yarim finalida "Inter"ga qarshi o'yinda ko'rdik. O'shanda Leau jarohat olib, birinchi o'yinni o'tkazib yuborganidan keyin "Milan" ilk daqiqalardayoq ikkita gol qo'yib yuborgandi.
Menga Pioli yoqadi. U ham zo'r murabbiy, biroq "Milan" Leausiz g'alaba qozonishi juda qiyin", - dedi Balotelli.
Bunga qadar Fransiya va Portugaliyada faoliyat olib borgan Rafael "Milan"da 2019 yildan beri o'ynamoqda.



