Azim Ahmedov "Navbahor" mashg'ulotlariga qaytdi

Sherzod Nurmatov
11 iyul 2021
Jamoadan kyetishi aytilgan "Navbahor" yarim himoyachisi Azim Ahmedov "Navbahor" mashg'ulotlarida ishtirok etmoqda.

Yarim himoyachi "Navbahor" Superliganing 12-turi doirasida "Andijon"ga mag'lub bo'lganidan keyin jamoani tark etishini ma'lum qilgan edi. Shuningdek, unga ikki jamoadan taklif borligi haqida ma'lumotlar tarqalgandi. 

Biroq bizga ma'lum bo'lishicha, Azim Ahmedov Namangan klubi mashg'ulotlariga qaytgan va jamoa sharafini himoya qilishda davom etadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia