“Ayaks” klub yetakchisi bilan shartnomani uzaytirdi

23 okt 2018, 09:25
Kasper Dolberg yang shartnoma imzoladi.

21 yoshli daniyalik Kasper Dolberg “Ayaks” klubi bilan yangi shartnoma imzoladi. Unga ko'ra, futbolchi endi jamoada 2022 yil yozigacha to'p tepadi.

Futbolchi 2014 yilda “Silkeborg” klubida Amstyerdamga ko'chib o'tgandi. U asosiy jamoa safida 85 ta uchrashuvda 36 ta gol urishga erishdi. Joriy mavsumda Niderlandiya chempionatida Kasper 4 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol urdi.


Manba: “Аякс” расмий сайти