“Atletiko” yarim himoyachisi “Arsenal” ixtiyoriga yetib keldi

Eldor Akmurzayev
13 okt 2020, 21:00
Madridliklar markaziy yarim himoyachisi Tomas Partey bugun Londonga uchib keldi.

“Arsenal” Parteyni transfer dedlaynining so'nggi daqiqalarida sotib olganini e'lon qilgandi va uning xaridi uchun 50 mln evro sarfladi.

“To'pchilar” matbuot xizmati xabariga ko'ra, 27 yoshli futbolchi yangi jamoasida bazasiga yetib kelgan va klub rasmiy fotosessiyasida qatnashgan. Tez orada ganalik jamoaviy mashg'ulotlarga qo'shiladi. U “Arsenal”da 18-raqam ostida harakat qiladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Arsenal