“Atletiko” “Braga” yarim himoyachisiga 15 million taklif qildi, biroq...

Alisher
10 iyul 2023, 09:42
“Atletiko” yozgi transfer oynasida markazni kuchaytirishni reja qilgan.

Madridliklar “Braga” yarim himoyachisi Livii El-Musratiga 15 million evro berishga tayyor. Biroq portugaliyaliklar o'z navbatida futbolchisini 20 million evrodan kamiga sotishga rozi emasligini ma'lum qilgan. 

Livii El-Musrati o'tgan mavsumda “Braga” safida barcha musobaqalarda 40 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida beshta gol va ikkita assist bor.


AlisherMuallif
Manba: championat.com