"Atalanta" futbolchisi bolalar uchun kitob yozdi

Mirjalol Normatov
7 iyun 2020, 15:39
"Atalanta" sardori Alexandro Gomes bolalar uchun komiks kitob yozdi.

Futbolchi shu orqali futbol faoliyatini tasvirlab bermoqchi bo'ldi.

"Uzoq Argentina degan davlatda bir kichkina bolakay futbolchi bo'lishni orzu qilardi. Bu mening tarixim", - deb yoziladi "Amazon" saytida.

Komiks 16 iyun kunidan sotuvga chiqadi. Bergamodagi ayrim do'konlarda Gomes dastxati tushirilgan ushbu kitobning maxsus talqinlari ham sotilishi kutilmoqda.

Komiksning raqamli talqini 8 evro, qattiq muqovalisi esa 14,15 evroga baholangan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport