"Aston Villa" "Sevilya" himoyachisini ijaraga oladi

Mirjalol Normatov
10 iyul 2022
"Aston Villa" va "Sevilya" himoyachi Lyudvig Augustinsson borasida kelishuvga erishdi.

Insayder Fabricio Romanoning yozishicha, mavsum yakunlanganidan keyin birmingemliklarda uni sotib olish imkoniyati bo'ladi. Yakunlangan mavsumda 28 yoshli himoyachi barcha turnirlarda 27 o'yinda qatnashib, 1 assist qayd etdi.

Hozircha transferning moliyaviy raqamlari ochiqlanmagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal