

Boisi yosh istedodli himoyachi 3,5 yillik shartnoma imzolagan mazkur klub o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra Turkiyaning ikkinchi ligasiga tushib ketdi. Qoidaga ko'ra, ikkinchi ligada legioner futbolchi to'p surishi mumkin emas. Qolaversa, hamyurtimiz ham bu ligada o'ynash niyatida bo'lmagani sababli tomonlar o'zaro kelishgan holda o'rtadagi shartnomani bekor qilishgandi.
Ma'lum bo'lishicha, o'tgan yili Turk birinchi ligasida porlab chiqqan qanot himoyachimizga Serbiyadan chaqiruv bo'lmoqda. Serb super ligasida ishtirok etadigan jamoalardan biri Asrorni o'z safida ko'rish niyatida. Shu boisdan hozirda uning agenti mazkur masala yuzasidan muzokaralarga kirishdi. Agar barchasi muvaffaqiyatli yakunlanib, tomonlar o'zaro kelisha olishsa, Serbiya chempionatida to'p suradigan o'zbekistonlik futbolchilar soni ikki nafarga etadi.
Bilasiz, hozirda Serbiyaning “Yavor” klubida O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi Husniddin G'ofurov faoliyat olib bormoqda.



