Asosiy faoliyatini ijarada o'tkazayotgan "Liverpul" forvardi bu mavsum ham klubda qolmaydi

Eldor Akmurzayev
6 avg 2019, 23:35
Liverpulning nigeriyalik forvardi Tayvo Avoni yangi mavsumni ham boshqa klubda o'tkazadi.

21 yoshli hujumchi mavsum oxiriga qadar Mayncda ijara asosida harakat qiladi. 

Mersisaydliklar mazkur futbolchi bilan 2015 yilda shartnoma imzolagan bo'lib, u asosiy faoliyatini ijara asosida boshqa jamoalarda o'tkazmoqda. Jumladan, Avoni  Frankfurt, NEK, Muskron-Peryuvelz hamda Gent klublarida harakat qilgan. 

O'tgan mavsum, Tayvo Avoni Belgiya chempionatining 38 bahsida qatnashib, 14+3 ko'rsatkichni qayd etdi.

Aytish joizki, Avoni Nigeriya yoshlar terma jamoasi bilan jahon chempionligini qo'lga kiritib, qita birinchiligida zafar quchgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Mainz05en