Arteta kechagi o'yin haqida: "Hakam "toza" penaltini bermadi"

30 apr 2026, 07:55
Mikel Arteta "Atletiko"ga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bizda yaxshi vaziyatlar ham, qiyinchiliklar ham bo'ldi. Ezega qarshi qo'polik uchun hakam penalti berishi kerak edi, u "toza" penaltini bermadi. Men VAR nima uchun hakamni uni bekor qilishga chaqirganini tushunmayman.

Dastlabki ikkita penalti haqli ravishda belgilandi. Angliya Premer-ligasida ularning ikkalasini ham bermagan bo'lishardi, lekin bu Chempionlar Ligasi, bu yerda bunday narsalarni berishadi.

Ikkinchi taym boshlanishi menga yoqmadi. Oxirgi 15-20 daqiqa esa ancha yaxshi o'tdi", – dedi "Arsenal" bosh murabbiyi.


Manba: Championat.com