"Arsenal" qanday stadionlardan foydalangan?

6 avg 2017, 16:41
O'zining boy tarixiga ega bo'lgan Londonning "Arsenal" klubi 3ta stadionda muntazam ravishda uy uchrashuvlarini o'tkazib kelgan.

"Kanonirlar"ning birinchi uy stadioni "Meynor Graund" bo'lgan. Shundan so'ng "Xayberi"ga ko'chib o'tgan. Ayni damda "Emireyts" o'yingohi "Arsenal" klubiga tegishli. Quyida "To'pchilar"ning uchta stadionlari haqida qisqacha tanishtirib o'tamiz.


"MEYNOR GRAUND"

Joylashgan joyi: Plamstend, London.

Foydalangan yili: 1893 - 1913

Muxlislar sig'imi: 33 000

Ushbu stadionda "Arsenal" hech qanday sovrin g'olibi bo'lmagan.









"XAYBERI"

Joylashgan joyi: Xayberi, London

Foydalangan yili: 1913 - 2006

Muxlislar sig'imi: 38 419 (eng yuqori ko'rsatgich 73 000)

Ushbu stadionda "to'pchilar"ning qo'lga kiritgan yutuqlari: Angliya kubogi (10), Angliya liga kubogi (2), APL chempioni (13), Kubok egalari kubogi UYFA (1). "Arsenal" ushbu stadionda jami 26ta sovrinni qo'lga kiritgan.






"EMIREYTS"

Joylangan joyi: Xayberi, London

Foydalangan yili: 2006 -

Muxlislar sig'imi: 60 432

Ushbu stadionda qo'lga kiritgan yutuqlari: Angliya kubogi (3)








Manba: sports.ru

O'xshash yangiliklar