

Uchrashuvdagi yagona golni 9-daqiqada Eberechi Eze burchak zarbasidan so'ng urdi. Shu tariqa, "to'pchilar" APLdagi mavsumdagi 17-golini burchak zarbalaridan so'ng urdi. Bu APL rekordi hisoblanadi.
Bundan avvalgi rekord 16 ta gol bo'lgan. "Oldxem" (1992/93), "Vest Bromvich Albion" (2016/17) va "Arsenal" (2023/24) mavsumlarida burchak zarbalaridan 16 ta gol urishgan.



