Arrigo Sakki: "Hech kim "Roma"dan bunday startni kutmagandi"

Narzulla Saydullayev
3 okt 2013, 20:29
"Mashxur italiyalik murabbiy Arrigo Sakkining fikricha, "Roma" o'yin uslubini o'zgartirdi. Shuningdek ular italyancha futbol falsafasini o'zgartirishga urinayotgan jamoalardan yuqoriroqda ketayotganini ta'kidladi.
Tan olishicha, uning uchun 6 turdan so'ng "Roma" 18 ochko bilan turnir jadvalini boshqarib borayotgani kutilmagan hol.

"Hech kim "Roma"dan bunday startni kutmagandi. Bunga sabablar ko'p. Shulardan biri ular yozda muhim futbolchilar bilan xayrlashishgani. Biroq Rudi Garsiya jamoaning o'yin uslubi, individual mahoratdan muhimroq ekanini isbotlab bera oldi".

"Roma", "Yuventus", "Napoli" va "Fiorentina" hozirda italyancha futbol falsafasini o'zgartirishga intilishyapti", dedi Sakki.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net