Argentina terma jamoasi ustozi: "Biz yana bir finalda o'ynashni istaymiz"

Абдулвосит Бектемиров
1 okt 2024, 18:10
Argentina futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Matias Lyukuiks mundial chorak final doirasidagi Qozog'istonga (1:6) qarshi kechgan bahsdan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.

"Natija biroz aldamchi bo'ldi deb o'ylayman, sababi yakuniy natija bo'yicha biz yirik hisobda g'alaba qozondik, ammo o'yin davomida ro'y bergan voqealar natijaga to'g'ri kelmaydi. Biz juda kuchli raqibga qarshi o'ynadik. Uchrashuvga tayyorgarlik jarayonida raqibni o'rganib chiqqandik. Jamoamni g'alaba bilan tabriklayman, biz o'z rejamizga amal qildik va yigitlar uni a'lo darajada bajarib berishdi. Endi esa yarim final haqida o'ylashimiz kerak. Qozog'iston juda kuchli raqib va dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri deb ayta olaman. Nimchorak final bosqichida qozoqlar amaldagi jahon chempionlarini mag'lub etishdi. Ochig'ini aytsam, biz bugun raqibdan yaxshiroq edik va g'alabaga loyiq edik deb o'ylayman.

Keyingi raqibimiz Fransiya ham juda kuchli jamoa hisoblanadi. Bugun g'alabani nishonlaymiz, ertadan boshlab esa keyingi uchrashuv haqida bosh qotiramiz. Biz yana bir bor final bahsida ishtirok etishni maqsad qilganmiz", - dedi Matias Lyukuiks.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi


Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia