Argentina terma jamoasi sobiq himoyachisi Xaynce "Atlanta"ni boshqaradi

Alisher
19 dek 2020, 12:00
Sobiq o'yinchi Gabriel Xaynce MLS'da ishtirok etuvchi "Atlanta" klubi bosh murabbiyiga aylandi.

Bu haqda Amerika klubi rasmiy sayti xabar bermoqda. Xaynce 2014 yilda o'yinchilik faoliyatini yakunlagan va 2018-2020 yillarda Argentinaning "Veles Sarsfild" klubida ishlagan.

Xaynce faoliyati davomida "Nyuells Old Boys", "Valyadolid", "Sporting", PSJ, "Manchester Yunayted", "Real", "Marsel" va "Roma" klublarida o'ynagan.

Eslatib o'tamiz, "Atlanta"ni o'tgan mavsumda Frank de Bur boshqargan edi.


AlisherMuallif
Manba: atlutd.com