APLning ikki klubi bu mavsumni haqiqiy emas deb topishmoqchi

Narzulla Saydullayev
14 mar 2020, 09:25
Angliya Premer-ligasi vakillari joriy mavsumni davom ettirish borasida yakuniy qarorga kelishmadi.

Kecha koronavirus pandemiyasi tufayli APL, Chempionship, Liga 1 va Liga 2 o'yinlarini 4 aprelga qadar to'xtatish haqida qaror qabul qilingandi.

The Athletic nashri xabariga ko'ra, APLning ikki klubi bu mavsumni haqiqiy emas deb topishmoqchi.

Jurnalist Yuen Makkenna tvittyerdagi sahifasida bu klublar Tottenxem va Vest Xem ekanini yozdi. Keyinroq tvitni o'chirib yubordi.

Biroq ko'plab klublar mavsumni iyul oyi oxirigacha bo'lsa ham tugatib qo'yishni istashmoqda.

Eslatib o'tamiz, APLda 29-turdan keyin Liverpul peshqadam bo'lib turibdi, klub ikkita g'alabaga erishsa chempionlikni rasmiylashtiradi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: The Athletic