Ansu Fati uzoq muddatga safdan chiqdi. "Brayton" bosh murabbiy buni tasdiqladi

Administrator
29 noya 2023
"Brayton end Xouv Albion" va Ispaniya termasi hujumchisi Ansu Fati APL 13-turi doirasida "Nottingem Forest"ga qarshi bahsda (3:2) jarohat oldigandi.

"Brayton" bosh murabbiyi Roberto de Zerbi esa jarohat jiddiyligini ma'lum qildi. 

"Biz Ansuni katta muddatga yo'qotdik. U Lemptey kabi uzoq davr maydonga tusha olmaydi", -deydi de Zerbi.

"Brayton" safida ijarada to'p tepayotgan Fati 14 o'yinda 4 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma etkazib bergandi.


AdministratorMuallif
Manba: Sky Sports