"Andijon" sobiq legioneri "Metallurg" tarkibiga qo'shildi

Iskandarov Abdulaziz
25 fev 2026, 13:41
Pro liga jamoalari mavsumga taraddudni davom ettirmoqda.

Ilhom Mo'minjonov boshchiligidagi "Metallurg" ayni paytda Qozog'istonning "Ontustik Akademiya" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi o'tkazmoqda.  Bekobod jamoasida chernogoriyalik yarim himoyachi Armin Boshnyak o'yinni asosiy tarkibda boshladi. 

Ma'lumot uchun, Armin Boshnyak 2023-2024 yilgi mavsumda "Andijon" sharafini himoya qilgan. U "burgutlar" safida Superligada 23 ta o'yinda maydonga tushgan va 4 ta gol, 2 ta assist qayd etgan. Futbolchining so'nggi jamoasi Chernogoriyaning "Arsenal Tivat" klubi hisoblanadi. 

Transfermarkt portali to'pteparning qiymatini 175 ming evroga baholagan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia