Superliga. "Bobur Arena"da 5 ta gol urilgan bahsda OKMK kambek qayd etdi

Aslanov Jasurbek
3 avg 2024, 21:45
"Andijon" hamda OKMK o'rtasida o'tkaziladigan Superliganing 14-tur o'yini bo'lib o'tdi.

"Bobur Arena", Andijon

"Andijon" - OKMK 2:3 TUGADI

Bosh hakam: Rustam Lutfullin

Qanot hakamlari: Aleksandr Sidorov, Baxtiyorxo'ja Shavkatov

Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov

VAR: Ibrohim Ismoilov

AVAR: Shohrux A'zamov

Nazoratchi: Mamur Saidqosimov

Gol: Ilhom Abdug'aniev (Farhod Bekmurodov) 33, 1:0, Levan Arveladze (penalti) 41, Kleydi Daci (Xurshid G'iyosov) 43, 2:1, Kleydi Daci (Ruben Sanches) 65, Ruben Sanches 78, 2:3

"Andijon": 1.Eldor Adhamov, 8.Farhodbek Bekmuratov (18.Damir Temirov, 83), 9.Levan Arveladze (26.Muhammadkarim Toirov,58), 10.Ilhomjon Abdig'aniev (19.Abinur Nurimbet,  88), 13.Sardorbek Azimov, 14.Abdurahmon Komilov, 15.Vladimir Bubanya, 17.Farhod Sohibjonov (11.Vagiz Galiulin, 88), 21.Ildar Mamatkazin, 71.Bektemir Abdumannonov (99.Shahrom Samiev, 83) 77.Rustam Turdimurodov.

Zaxira: 72.Igor Litovka, 3.Lyubica Pesel, 28.Islombek Mamatkazin, 66.Ilhomjon Alijanov, 

OKMK: 35.Javohir Ilyosov, 2.Akramjon Komilov, 3.Sardor Rahmonov, 4.Mirjamol Qosimov (18.Aziz Xolmurodov, 46), 5.Giorgi Papava (30.Abror Sarimsoqov,68), 6.Avazbek O'lmasaliev, 7.Dilshodbek Ahmadaliev (14.Azizbek Bahramov, 80), 9.Ruben Sanches ( 77.Nodirbek Abdurazzoqov, 80),  10.Xurshid G'iyosov, 11.Kleydi Daci (27.Ali Abdurahmonov,87), 28.Arixiro Sentoku.

Zaxira: 1.Valijon Rahimov, 13.Eldorbek Begimov, 21.Saidafzalxon Axrorov,   99.Irakli Ruxadze.

Ogohlantirish: Avazbek O'lmasaliev (OKMK) 68, Sardor Azimov, Vladimir Bubanya ("Andijon") 72, Javohir Ilyosov (OKMK) 90+2


MATNLI TRANSLYATSIYA

Uchrashuv tugadi. 

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

80. O'ZGARISH. OKMK, Dilshod Ahmadaliev o'rniga Azizbek Bahromov, Ruben Sanches o'rniga Nodir Abdurazzoqov tushdi. 

78. GOL. Ruben Sanches raqib futbolchisidan to'pni olib qo'yib katta tezlikda oldinga o'tdi, bir himoyachini aldab darvozani aniq nishonga oldi. 

76. ZARBA. Toirovning zarbasi juda noaniq. 

72. OGOHLANTIRISH. "Andijon", Sardor Azimov, Vladimir Bubanya

68. O'ZGARISH. OKMK, Giorgi Papava o'rniga Abror Sarimsoqov tushdi.

68. OGOHLANTIRISH. Avazbek O'lmasaliev, OKMK. Lekin hakam bu vaziyatni qizil kartochkaga aylantirish uchun VARni tinglamoqda. 

65. GOL. OKMK "Bobur Arena"da muvozanatni tiklamoqda. Ruben Sanches o'ng qanotdan oldinga o'tib to'pni ortga qaytardi. Kleydi Daci ikki urinishda baribir gol urdi. 

58. O'ZGARISH. "Andijon", Levan Arveladze o'rniga Muhammadkarim Toirov tushdi. 

52. ZARBA. Xurshid G'iyosov Eldor Adhamov duelida "Andijon" posboni g'olib chiqdi. 

46. O'ZGARISH. OKMK, Mirjamol Qosimov o'rniga Aziz Xolmurodov tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


Tanaffus!

45. Birinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

43.  GOL. OKMK javob qaytara oldi. Jamoaning albaniyalik yangi hujumchisi Kleydi Daci G'iyosovning uzatmasini gol bilan yakuniga etkazdi. 

41. GOL. Levan Arveladze 11 metrlik nuqtadan zarba yo'llashda xatoga yo'l qo'ymadi. 

39. VAR penaltini ko'rmoqda. 

37. PENALTI. Farhod Sohibjonov OKMK himoyachisi Sardor Rahmonov tomonidan jarima maydonchasi ichida yiqitildi. "Burgutlar" to'xtamoqchi emas. 

33. GOL. "Andijon" nihoyat bu urinishini gol bilan yakunladi. Jamoa chiroyli kombinaciya tashkil qildi, Bekmurodov to'pni zarba poziciyasiga kelayotgan Ilhom Abdug'anievga tashladi. U esa aniq zarba bilan hisobni ochdi, 1:0

26. Sohibjonovning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi. 

25. "Andijon" raqib jarima maydonchasi chizig'i ustida jarima zarbasini ishladi. To'p Sardor Rahmonovning qo'liga tekkandi. 

22. OKMK oldinga o'tdi, lekin hujum yakuniga yetmadi. 

13. Farhod Sohibjonovdan ajoyib reyd. Ammo uning pasini Turdimurodov golga aylantirishda ojizlik qildi. Uzatma yuqoridan keldi.

9. ZARBA. Rustam Turdimurodov OKMK kiperini sinab ko'rmoqchi bo'ldi. Lekin zarba noaniq. 

5. UUX. "Andijon"dan OKMK darvozasi tomon keskin hujum. Bu yerda Sardor Rahmonov va darvozabon xavfni bartaraf etdi. Gol bo'lishi mumkin edi. 

- O'yin boshlandi. Chiroyli o'yin kutib qolamiz ikki jamoadan ham. 

- Jamoalar maydonga chiqib keldi. 


- Uchrashuv 19:45da start oladi. 


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia