Amirbek Saidov bugun Serbiyaga jo'nab ketadi. Uning yangi jamoasi ma'lum

Iskandarov Abdulaziz
22 iyun 2024
Yevropada to'p tepadigan legionerlarimiz soni yana bittaga ko'paymoqda.

O'tgan yili U-17 Jahon chempionatida porlagan Amirbek Saidov faoliyatini Serbiyada davom ettiradi. Futbolchi katta ehtimol bilan Serbiya Oliy ligasiga qaytgan "OFK Belgrad" safiga borib qo'shiladi. U bugun Serbiyaga jo'nab ketadi. 

Ma'lumot uchun, hujumchi joriy mavsum "Bunyodkor" libosida 6 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta assist qayd etdi. O'zbekiston kubogida 2 ta o'yinda 1 ta gol urdi. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia