Alves qamoqdagi dastlabki o'yinini o'tkazdi

Оқил Абдубарноев
30 yanv 2023, 00:22
"Barselona"ning sobiq himoyachisi Dani Alves qamoqdagi birinchi o'yinini o'tkazdi.

Avvalroq futbolchi jinsiy tajovuzda ayblanib, tergov jarayonlariga qadar hibsga olingandi. Braziliyalik futbolchining o'rtoqlari uning ko'nikishiga yordam berishmoqda. Alves haqida juda ko'p norasmiy ma'lumotlar mavjud, bularning bazilari haqiqat bo'lmasligi ham mumkin. 

Qayd etilishicha, Dani payshanba kuni futbol o'yinida ishtirok etgan. Mahbuslar mashhur futbolchining o'yinini o'z ko'zlari bilan ko'rishni juda xohlashgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: AS