Aleks Oksleyd-Chemberlen: "Saloh egoist emas? Ustimdan kulyapsizmi?"

Mirjalol Normatov
22 sen 2019
"Liverpul" futbolchisi Aleks Oksleyd-Chemberlen jamoadoshi Muhammad Saloh haqida fikr bildirdi.

"Saloh egoist emas? Nima, ustimdan kulyapsizmi? U bizga umuman pas bermaydi! Mana Manedan so'rang!

Umuman olganda Saloh egoist emas. Shuning uchun ham u to'purar. U shunday bo'lib qolishi kerak. U bizga pas oshirishimizni kutmaydi va o'zi vaziyat yarataveradi.

U g'oliblik ruhi bilan yashamoqda. U gol urmoqda, biz yutyapmiz, muhimi shu!", - dedi 26 yoshli xavbek.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal