

"Jamoamiz yozgi transfer oynasidagi navbatdagi kelishuvga erishdi.
Bu gal AGMK safini iqtidorli darvozabon - Shahzod Suyunov to'ldiradi.
AGMK futbol klubi erkin agent maqomida kelgan Shahzod Suyunov bilan 2,5 yillik shartnoma imzoladi.
22 yoshli iqtidorli darvozabon faoliyatini Nasaf akademiyasida boshlagan va 2020 yilgi mavsumdan e'tiboran asosiy jamoa a'zosiga aylangan.
Umid qilamizki, Shahzod Suyunov AGMK bilan kelejakda ko'plab yutuq va muvaffaqiyat qozonadi.
Futbolchi haqida ma'lumot: Shahzod Suyunov
Tug'ilgan sanasi: 2000 yil, 5 avgust
Ampluasi: Darvozabon
O'ynagan jamoalari: Nasaf (2018-2022), AGMK (2022-…)
AGMK ahil oilasiga xush kelibsan, Shahzod!" - deyiladi olmaliqliklar xabarida.



