Agent: "Balotelli futbolni tugatgani maqul"

Alisher
11 iyun 2020
Italiyalik futbol agenti Furio Valkaredji "Breshia" hujumchisi Mario Balotelli haqida gapirdi.

"O'tgan mavsumda men Balotelli bilan shartnoma imzolagan bo'lardim, ammo vaziyat hozirda shuni taqozo etmoqdaki, u futbolni tugatgani yaxshiroq.

O'ylaymanki, uning agenti Mino Rayola unga yordam berishi kerak edi va u mas'uliyatni o'z zimmasiga olishi kerak. Buning o'rniga Mino uni katta chempion sifatida gapiradi, natijalari esa odamni umidsizlikka tushiradi", - deydi Valkaredji.

Balotelli "Breshia"ga 2019 yilning avgustida o'tgan edi. Mario joriy mavsum A Seriya doirasidagi 19ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: TMW Radio