Afsuski, O'zbekiston futzal MTJning yana bir o'yinchisi Jahon chempionatini o'tkazib yuboradi

Tolibjon Qosimov
28 avg 2024, 17:51
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasida yana bir yo'qotish.

O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi a'zosi Sunnatilla Jo'raev Portugaliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida jarohat olgan edi. Tekshiruv natijalariga ko'ra, futzalchimizning xochsimon payi lat egan va endilikda u operaciya qilinadi.

Afsuski, futzalchimiz bir qancha muddatga safdan chiqdi va yaqinlashib kelayotgan FIFA Futzal Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi ma'lum bo'ldi.

Sunnatillaning tezroq sog'ayishini tilab, uni qo'llab-quvvatlashda davom etamiz.

Eslatib o'tamiz, oldinroq yetakchi futzalchilarimizdan Davron Choriev va Ravshan Eliboev ham mundialni o'tkazib yuborishi ma'lum bo'lgan edi. Bundan tashqari, Anasxon Rahmatov ham anchadan beri mashg'ulotlarda ishtirok etmayapti.


O'zbekiston futzal terma jamoasining JCH oldidan so'nggi yig'iniga kimlar chaqirildi?


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати