Adama Traore Manchester klubi bilan shartnoma imzolashi mumkin

Alisher
24 okt 2020, 15:01
"Vulverxempton" tarkibida o'ynayotgan ispaniyalik hujumchi Adama Traore faoliyatini boshqa bir Angliya klubida davom ettirishi mumkin.

24 yoshli futbolchi bilan "Manchester Yunayted" shartnoma imzolamoqchi. Manchesterliklar qishki transferlar oynasida fovard uchun kurashib ko'rishmoqchi.

Transfermarkt ispaniyalik o'yinchisini 40 million evroga baholagan. Adama joriy mavsum APL doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushdi.

Traorening "Vulverxempton" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: The Sun