Abraxam "Roma"dan "Beshiktosh"ga o'tadi

Sherzod Nurmatov
30 iyun 2025
Angliyalik hujumchi Temmi Abraham "Roma"dan Turkiyaning "Beshiktosh" klubiga o'tishi kutilmoqda.

Bu haqda Fabricio Romano ma'lum qildi.

"Beshiktosh" u uchun 20 million evro to'laydi. Hujumchi jamoaga o'tishga rozi bo'ldi va shartnoma imzolashga tayyor.

Abraxam "Roma"ga tegishli, ammo 2024/25 yilgi mavsumni "Milan"da o'tkazgan. Hujumchi 28 o'yinda 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano