Abbosbek Fayzullaev: Yevropada o'ynab keta oladigan ko'plab o'zbekistonlik futbolchilar bor

Khoja
15 fev 2025, 09:50
SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaev o'zbek futboli haqidagi savolga javob berdi.

O'zbek futboli juda rivojlanmoqda, buni ko'rish mumkin. Shu jumladan, terma jamoamizning natijalari ham yaxshi. Futbolchilar Yevropaning yaxshi jamoalariga keta boshlashdi. Bularning barchasi sababsiz emas. O'zbekistonda Yevropada o'ynay oladigan yigitlar hali ko'p. Men bunday futbolchilarni ko'pini bilaman. Agar ular ham Yevropa jamoalariga o'tsa, bu o'zbek futbolchi uchun juda foydali bo'ladi, - dedi Fayzullaev.


KhojaMuallif
Manba: championat.com