So’nggi yangiliklar

19:19Баллак Чемпионлар Лигасининг жорий мавсумдаги асосий фаворитларини айтди  0 18:49Тармоқларда ЖЧ-2026 тўпининг суратлари айланмоқда  0 18:43Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" (матнли трансляция)  6 18:16"Андижон"нинг бўлажак рақиби ишончли ғалабага эришди  3 17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  2 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК 1:0 (матнли трансляция)  6 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  12 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  15 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1

Zoyir Mirzaevning Qashqadaryo viloyati futbol rahbarlari bilan uchrashuvi qanday o'tdi? Yangiliklar

Zoyir Mirzaevning Qashqadaryo viloyati futbol rahbarlari bilan uchrashuvi qanday o'tdi?

17 fevral kuni Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev "Nasaf", "Mashal", "SHo'rtan" klublari rahbarlari, viloyat futbol Federaciyasi vakillari va futbol muxlislari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda viloyat hokimi "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdievni "Dinamo"ga taklif etgani haqida gapirib berdi.

"Samarqand viloyati hokimi bo'lib ishlayotgan paytlarimda "Dinamo"ni kuchaytirish maqsadida klubga Ro'ziqul Berdievni taklif qildim. Uning javobidan juda tasirlangandim o'shanda - "Bor etiborim shu klubda, men "Nasaf"siz futbolni tasavvur etolmayman", degandi Berdiev. U menga klubdan bo'shatib yubormagunlaricha boshqa klubga o'tish taklifini ko'rib chiqolmasligini malum qilgandi", - deydi Zoyir Mirzaev.


Futbol jamoatchiligi va viloyat rahbari bilan bo'lgan ilk yig'ilishda Norqul Daminov boshchilik qilayotgan Qashqadaryo viloyat futbol Federaciyasi faoliyati ham qoniqarsiz ekanligi tanqid qilinib, o'tkazilgan ijtimoiy so'rovnomada 31 foiz aholi hatto bunday tashkilot borligini bilmasligi aytib o'tildi.

SHuningdek hokim klublar bosh menedjerlarining hisobotini ham tingladi. "Nasaf" bosh menedjeri Sergey Kucherenko "ajdarlar" yangi mavsumda kuchli uchlikka kirishni ko'zlayotganini malum qildi. Yig'lishda homiylik muammosi ham o'rtaga tashlandi. G'uzorning "SHo'rtan" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni juda kech boshladi. Klub hali hamon o'tgan mavsumdagi qarzdorliklarini to'liq bartaraf etmagan. Jamoa bosh menedjeri SHamil Yarulin hali ham klubda yillik byudjet tasdiqlanmagani, homiylar tomonidan mablag' tashlab berilmaginini aytib o'tdi. Viloyat hokimi mazkur masalada albatta yordam berishini biroq o'z navbatida klubdan natijani ham talab qilishini takidladi.
"Men uni yoki bu futbolchini o'ynat demayman. Biroq, milliardlab mablag' sarflanayotgan sohadan natija so'rashga viloyat hokimi sifatida meni ham muxlislarning ham haqqi bor. Klublarga qancha mablag' ajratilgani malum qilinadi va shu mablag'ga yarasha natija ham talab qilamiz. Talabni bajarolmaganlarga kerak bo'lsa chora ham ko'ramiz", - deydi viloyat hokimi.


Zoyir Mirzaev klublar ochiqlik siyosatiga o'tish kerakligini ham takidladi: "Jamoalar kimga qancha maosh berayotgani, qaerga, qancha mablag' ishlatayotganini malum qilib borishi kerak. SHunda shaffoflik bo'ladi. SHunda futbol faqatgina maydon ichida o'ynaladi. Maydon atrofida emas", - deya aytib o'tdi Zoyir Mirzaev.


Yana bir muhim yangiliklardan biri Qashqadaryoda hokim kubogi tiklanadigan bo'ldi. Viloyat hokimi kubok bahslari uchun 400 million so'm ajratishini malum qildi. Unda shahar va tuman hokimlarining jamoalari bahs olib boradi va Hokim kubogi aprel-sentyabr oylari oralig'ida bo'lib o'tishi malum qilindi.

SHuningdek, Zoyir Mirzaev 29 fevral kuni Muborakda bo'ladigan "Mashal" - "So'g'diyona" bahsini ko'rish uchun ochilish o'yiniga borishini malum qildi. "Muborakka boraman. Lekin "So'g'diyona"ni yutishinglar kerak", - deya samimiy hazil qildi viloyat rahbari.

Yig'ilish yakunida viloyat hokimiga "Mashal" klubining esdalik futbolkasi sovg'a sifatida topshirildi.



Nomoz CHoriev Qarshi shahridan maxsus
Foto: Abdilatif SHodiev

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика