So’nggi yangiliklar

17:30МЮ яқин орада янги базасини очади. Унда сартарошхона ҳам бўлади  0 17:02Манба: Мбеумо МЮга ўтди  1 16:40"Реал" собиқ ҳимоячиси фаолиятини "Ювентус"да давом эттириши мумкин  0 16:36"Персеполис" Шукуров вариантини танламади, бунинг сабаби маълум қилинди  2 16:08Тен Ҳаг: "Антони ҳали ҳам мен учун ўғлимдек, аммо у "Байер"га қизиқ эмас"  0 15:37Ямалнинг отаси ўғлини танқид қилувчилар ҳақида: "Одамлар бошқаларга қарайди, кейин ҳасаддан ўлади. Бу уларнинг муаммоси".  5 15:08Обамеянг "Ал Қодисия"ни тарк этди ва Европага қайтиши мумкин  2 14:40Терма жамоага хорижлик мураббий керакми?  95 14:16Снуп Догг Британиянинг машҳур клуби эгасига айланади  3 13:49"Манчестер Сити"нинг янги мавсум учун меҳмон либоси тақдим этилди  1 12:49Расман: Суннатуллоҳ Ҳамиджонов "Андижон"га қайтди  1 12:30Еврокубокда ақлдан оздирадиган камбэк! Финляндия клуби "Барселона" ва "Реал"нинг қаҳрамонлигини такрорлади  6 12:05Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Москвага жўнаб кетди  4 11:34"Барселона" икки футболчи билан шартномани бекор қилмоқчи  2 10:54Луис Диаснинг "Барселона"га ўтишига Исаак ёки Экитике сабабчи бўлиши мумкин  2

“Zomin” ijrochi direktori: “Texnik mag'lubiyat nohaq berildi” Yangiliklar

“Zomin” ijrochi direktori: “Texnik mag'lubiyat nohaq berildi”

Saytimiz orqali avval xabar berganimizdek, birinchi liga ishtirokchisi “Zomin”ga ketma ket ikki bor texnik mag'lubiyat yozildi.
Avvaliga sariq kartochkalari soni 4ta etgan bo'lishiga qaramay maydonga tushgan Doniyor Ismoilov “Istiqlol” bilan bahsni o'tkazib yubormagani uchun 4:1 hisobi bekor qilinib zominliklarga texnik mag'lubiyat yozildi. Keyin esa bu jamoa safarda “Xotira-79”ga qarshi o'yinga bormadi. Natijada uchrashuv nazoratchisi zominliklarga texnik mag'lubiyat yozishga qaror qildi. Buning sabablarini bilish maqsadida klub ijrochi direktori Abdumajid Xorinovga murojaat qildik.

- Abdumajid aka, “Zomin” chorshanba kuni safar o'yiniga bormadi. Buning oqibatida jamoaga ketma-ket ikki bor texnik mag'lubiyat yozildi. Buni qanday izohlaysiz?
-  Albatta, bunga birinchi navbatda moliyaviy muammolar sabab bo'lganini aytishim mumkin. Boshqa hech qanday to'siq yo'q edi.

- Endi ertaga taqvimga ko'ra “UzDongJu” bilan o'ynaysizlar. Andijondagi bahsga borish uchun harakat qilinyaptimi?
- Ha, bugun kechki payt yo'lga chiqishimiz kerak. Tumanimiz hokimiga iltimos qilyapmiz. Bitta safar o'yiniga bora olmaganimiz haqida ham aytdik. Nasib qilsa bu galgi safar uchrashuviga borish uchun imkon bo'ladi.

- 12-turda “Zomin” o'z maydonida “Istiqlol”ni qabul qilib, 4:1 hisobida zafar quchgandi. Ammo yakunda sariq kartochkalari soni 4ta etgan Doniyor Ismoilovning maydonga tushgani bois jamoangizga texnik mag'lubiyat yozildi. Buni bilmaganmidinglar?
- Ishonasizmi buni gazetada o'qib hayron qoldim. Bu borada PFLdan klubimiz offisiga hech qanday telegramma kelmadi. Viloyat futbol federaciyasiga malumot berilgan ekan, ular ham keyin aytdi. Nima bo'lganda ham bu menimcha noto'g'ri qilindi. CHunki biz har bir futbolchining olgan kartochkalarini jadvalini tuzib, to'ldirib boramiz. Doniyor Ismoilov 10-turda “Obod”ga qarshi bahsni o'tkazib yuborgandi. Yaqin kunlarda Toshkentga borib, shuni muhokama qilib kelamiz.

- Bosh murabbiy Spartak Murtazoevning jamoada emasligi nima bilan bog'liq?
- To'g'ri, Spartak Suyunovich ayni damda biz bilan birga emas. Lekin bu klubdan ketdi ham degani emas. Murtazoevning oilasi bilan qandaydir muammo yuzaga kelgani sababli bizdan ruhsat so'radi. U bilan uch yillik shartnoma tuzganmiz. Yana bir yil jamoamiz uchun ishlab berishi kerak. Murabbiy sifatida iliq taassurot qoldirmoqda. Qisqa fursat ichida kurashchan jamoa tuza oldi. Bu tomondan uning tajribasiga shubha yo'q. Moliyaviy muammolarimizni hal eta olsak, Spartak yana jamoaga qaytadi degan umiddaman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.  
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика